Hujjatga muvofiq, 2030 yilga qadar raqamli infratuzilma orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini oşiriş böyiça bir qator vazifalar belgilangan. Jumladan, kiçik va örta biznes sub’yektlariga ajratiladigan moliyaviy xizmatlar kölamini kengaytiriş, tadbirkorlar uçun raqamli platformalar orqali qulay şaroitlar yaratiş nazarda tutilgan.

Qaror bilan Markaziy bankka “Raqamli hukumat” tizimi ma’lumotlari asosida tadbirkorlarga oid ma’lumotlarni birlaştiruvçi raqamli moliyaviy platforma işga tuşiriş vazifasi yuklatildi. Şuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalari asosida muqobil skoring modelini joriy etiş rejalaştirilgan.

Hujjatda kiçik biznesni qöllab-quvvatlaşning qöşimça mexanizmlari ham belgilangan. Xususan, raqamlaştiriş va xalqaro standartlarni joriy etiş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun eng faol tadbirkorlik sub’yektlariga grantlar ajratilişi közda tutilgan.

Qaror ijrosi doirasida davlat organlari, banklar va moliya bozori iştirokçilari örtasida ma’lumot almaşinuvini yölga qöyiş, şuningdek raqamli moliyaviy xizmatlar infratuzilmasini yanada rivojlantiriş çoralari amalga oşiriladi.