Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv ishtirokchilari «Trampning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlarini» qo‘llab-quvvatladi.
Foto: X/Andrey Yermak
Londonda Ukraina, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari ishtirokidagi muzokaralar yakunlandi. Bu haqda Ukraina rpezidenti ofisining rahbari Andrey Yermak ma’lum qildi.
Yermakning ta’kidlashicha, uchrashuv ishtirokchilari «AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik yo‘lidagi sa’y-harakatlariga» sodiqliklarini bildirib, kelgusida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib olgan.
Dastlab, Londondagi uchrashuv AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida tashqi ishlar vazirlari darajasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo Rubio kuni kecha Londonga tashrifini bekor qildi. Shundan keyin Fransiya va Germaniya TIV rahbarlari ham Londonga bormaydigan bo‘ldi va muzokaralarda ushbu mamlakatning nisbatan past lavozimdagi amaldorlari ishtirok etdi.
Yuqori darajadagi muzokaralar tomonlarning Tramp taqdim etgan rejadagi asosiy masalasi — Qrim maqomi bo‘yicha taklifiga qo‘shilmagani fonida bekor qilindi. OAVga ko‘ra, AQSh Rossiyaning yarimorol ustidan suverenitetini tan olishni taklif qilgan. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev hech qachon bu ishni qimasligini bildirgan.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Manbalarning aytishicha, Putin aprel oyi boshida Sankt-Peterburgda Donald Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff bilan uchrashuvda Moskva Rossiya tomonidan bosib olingan, ammo hozirda Kiyev nazoratida qolayotgan Ukraina hududlarining ayrim qismlariga da’volardan voz kechishi mumkinligini bildirgan.
Mavzuga oid
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
19:30 / 22.04.2026
Sizranda Ukraina zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uy pod’yezdi quladi
13:51 / 22.04.2026