Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Istanbul shahrida 19 yoshli o‘zbekistonlik o‘zi yashab turgan uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etdi. Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi hamkorligida marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi.
Foto: Kun.uz
Turkiyaning Istanbul shahri Kadiko‘y tumanida O‘zbekistonning 19 yoshli fuqarosi ijarada turgan uyida chiqqan yong‘in sabab vafot etdi. Bu haqda mamlakatning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar qildi.
24 aprel kuni bosh konsulxona O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda, ushbu fuqaroning jasadini vatanga qaytardi. Marhumning jasadini O‘zbekistonga yuborish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Migratsiya agentligi tomonidan to‘liq qoplab berildi.
Shu o‘rinda, konsulxona, ijtimoiy tarmoqlarda ayrim shaxslar tomonidan marhumni O‘zbekistonga yuborish uchun yordam puli yig‘ilayotgani haqidagi yolg‘on va asossiz ma’lumotlar tarqatilayotganini qayd etgan. Konsulxona fuqarolarni bu kabi noto‘g‘ri xabarlarga ishonmaslikka va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirdi.
Diplomatik idora, shuningdek, chet elda bo‘lgan davrida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolarining jasadini vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplanishini eslatib o‘tdi.
Avvalroq Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi zilzila vaqtida qo‘rqib ketib, vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:50 / 14.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
09:34 / 13.01.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026