Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston mudofaa vaziri Hindiston armiyasining hujumini «muqarrar» deb atadi
Mudofaa vaziri Havoja Asifga ko‘ra, Pokiston armiyasi hukumatni ehtimoliy hujum haqida xabardor qilgan.
Hindiston armiyasining Pokiston hududiga bostirib kirishi «muqarrar». Bu haqda Pokiston mudofaa vaziri Havoja Asif Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Biz kuchlarimizni mustahkamlab oldik, chunki bu [bostirib kirish] endi muqarrar. Bunday vaziyatda strategik qarorlar qabul qilish zarur bo‘ladi va bu qarorlar allaqachon qabul qilindi», — deydi Asif.
Havoja Asif Hindiston tomonidan qattiqroq bayonotlar yangrayotganini ta’kidladi va Pokiston armiyasi hukumatni ehtimoliy hujum haqida xabardor qilganini aytdi. Shuningdek, u Pokiston hukumati Xitoy, Fors ko‘rfazi mamlakatlari, Buyuk Britaniya va AQSh bilan aloqada ekanini bildirdi.
Asif qaysi sababga ko‘ra Hindistonning bostirib kirishini muqarrar deb hisoblayotgani va bu hujum to‘liq miqyosda yoki cheklangan shaklda bo‘ladimi — aniqlik kiritmagan.
Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar urush yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Paxalgam shahrida qurollangan jangarilar 26 kishini o‘ldirdi. Ushbu terakt uchun Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylashgan jangarilar guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan qisman aybni Pokistonga yukladi. Shundan so‘ng Hindiston Pokiston bilan chegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etishni talab qildi.
Pokiston ham, Hindiston ham yadroviy qurolga ega. Havoja Asif Pokiston yadro qurolini faqat «mavjudligimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid tug‘ilganda» qo‘llashini ta’kidlagan.
Avvalroq Hindiston Pokiston bilan keskinlik fonida raketalarini sinovdan o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mamlakat Harbiy-dengiz kuchlari kemalarga qarshi raketalarni uchirib, «uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi hujum zarbalarini amalga oshirishga» tayyor ekanini namoyish etdi.
Mavzuga oid
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
17:36 / 25.05.2026