Jamiyat | 23:12 / 29.04.2025
3870
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar O‘zbekistonga qaytarildi

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yaqin qarindoshlari aniqlanib, ularni oila bag‘riga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

29 aprel kuni Moskva shahridagi «Altufevo» ijtimoiy-reabilitatsiya markazi xodimlari hamrohligida O‘zbekistonga uch nafar voyaga yetmagan fuqaro qaytarildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bolalar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va psixologik yordam ko‘rsatish ishlari tezkor tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bolalarning yaqin qarindoshlari aniqlanib, ularni oila bag‘riga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, 2024 yildan hozirgi vaqtga qadar 40 nafardan ortiq voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi respublikaga olib kelinib, oilaviy muhitga qaytarilgan.

Avvalroq Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Undan oldin esa Qozog‘istondan ota-ona qaramog‘isiz qolgan 10 nafar bola, shuningdek, Turkiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan voyaga yetmagan qiz Toshkentga olib kelingan edi.

Фозилбек Юсупов
Tayyorlagan Фозилбек Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid