Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹eng iqtidorli yoshlar va yuqori salohiyatli professor-o‘qituvchilarning ilmiy maktablarini shakllantirish;
🔹xalqaro standartlar va ilg‘or tajriba asosida tibbiyot sohasida ta’lim, amaliyot hamda ilmiy tadqiqot faoliyati uyg‘unligini ta’minlash, soha uchun raqobatbardosh va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash.
Universitet huzurida Ilg‘or bilim va tajribalar transferi markazi tashkil etiladi.
2025-2026 o‘quv yilidan universitetning magistratura mutaxassisliklari talabalariga Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ta’limning bakalavriat bosqichiga joriy qilingan davlat grantini ajratish tartibi joriy etiladi.
2027 yil 1 dekabrgacha universitet uchun olib kelinadigan va muqobili O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan qurilma, dasturiy va texnik vositalar, butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (QQS, aksiz solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.
Mavzuga oid
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
10:01 / 21.03.2026
Shavkat Mirziyoyev: qishloq va mahallalarga Yangi O‘zbekiston ruhi kirib bormoqda
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026