Davlat rahbari qayd etganidek, mamlakatning barça hududlarida, ayniqsa, qişloq va mahallalarda keng kölamli yangilaniş jarayonlari amalga oşirilmoqda. Bu esa Yangi Özbekiston ğoyasi amalda har bir hududga kirib borayotganining yaqqol ifodasi sifatida baholanmoqda.

Prezident sözlariga köra, yangi iş örinlari yaratiş, kambağallikni qisqartiriş va ijtimoiy himoyani kuçaytiriş borasida ulkan qadamlar taşlanmoqda. Şu bilan birga, zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, şinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport obektlari barpo etilmoqda.

Şavkat Mirziyoyev kelgusida bunday qurilişlar va obodonlaştiriş işlari kölami yanada kengaytirilişini alohida ta’kidladi.

Davlat rahbari uşbu qutluğ ayyomda mirişkor dehqon va fermerlarga ham alohida hurmat va ehtirom bildirdi. Ularning xalq dasturxonini tökin va farovon qiliş yölidagi fidokorona mehnati yuksak baholandi.

“Çunki sizlarning oliyjanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizq-u nasibasi butun böladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qöllab-quvvatlaydi”, dedi prezident.

Ta’kidlanganidek, Yangi Özbekistonni barpo etiş yölidagi islohotlar markazdan eng olis qişloq va mahallalargaça yetib borib, aholi hayotida real özgarişlar yaratişga xizmat qilmoqda.