Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha davlat reyestriga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi
DDos-hujum qaytarilgan, ammo salkam bir soat davomida fuqarolar soliqlarni to‘lay olmagan.
Foto: Shutterstock
Polsha IT-infratuzilmasi — Davlat reyestrlar tizimi keng ko‘lamli hakerlik hujumiga uchradi, deb xabar beradi RMF FM.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kiberhujum mamlakatda soliq deklaratsiyalarini (PIT) topshirish muddati, 800+ ijtimoiy yordam uchun arizalar va «Profilaktika 40+» tibbiy skrining dasturiga yozilish yakunlanayotgan paytda asosiy onlayn xizmatlarni ishdan chiqarish maqsadida uyushtirilgan.
Hujum salkam bir soat davom etgan. Bu vaqt davomida foydalanuvchilar mObywatel ilovasidan, shuningdek, CEPIK tizimi — Transport vositalari va haydovchilar markaziy reyestridan foydalana olmagan. Bu esa o‘z navbatida transport vositalari va soliq operatsiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazishga imkon bermagan.
Gap DDoS-hujumlar haqida ketmoqda — bunda hakerlar bir vaqtning o‘zida davlat tizimlariga ommaviy so‘rovlar yuborib, tizim yuklamasini oshirib yuboradi.
Qayd etilishicha, kiberhujum qaytarilgan. Polsha kiberpolitsiyasi va Ichki xavfsizlik agentligi holatni tergov qilish bilan shug‘ullanmoqda. Hujum kimlar tomonidan amalga oshirilgani hozircha noma’lum.
Avvalroq Fransiya rasmiylari Rossiya harbiy razvedkasini mamlakatga qarshi so‘nggi o‘n yil davomida sodir etilgan kiberhujumlarga aloqadorlikda ayblagandi. Ta’kidlanishicha, 2021 yildan beri Rossiya Razvedka bosh boshqarmasining (GRU) kiberhujumlar bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi Fransiyadagi o‘nga yaqin, jumladan, «mudofaa, moliya va iqtisodiyot sektorlariga» aloqador tashkilotlarga hujum uyushtirgan.
Mavzuga oid
14:31 / 03.12.2025
Markaziy Yevropa agrar habida o‘zbek meva-sabzavotlari premium segmentga chiqmoqda
14:55 / 25.11.2025
Polshada temiryo‘l diversiyalari ishi bo‘yicha Ukraina fuqarosi ushlandi
10:15 / 21.11.2025
Polsha investorlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga kirib kelmoqda
21:10 / 20.11.2025