Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga tushib ketgan ikki kishi qutqarildi
Samarqand shahrida qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarib olindi.
Foto: FVB
Kecha, 4 may kuni soat 23:15 da Samarqand viloyati FVBga «112» tizimi orqali Samarqand shahar «Ipak yo‘li» MFY hududida 10 metrlik jarlik ichidagi changalzorga 2 nafar fuqaro tushib ketganligi va ularga amaliy yordam zarurligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Mazkur xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan FVB qutqaruvchilari yetib kelishgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida 2 nafar fuqaro sog‘-salomat qutqarib olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar yoshi ulug‘ insonlar bo‘lib, dastlab 1 nafari jarlikka tushib ketgan, so‘ng sherigini qutqarish maqsadida ikkinchi fuqaro ham tushib qaytib chiqmagan.
Mavzuga oid
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
17:31 / 04.12.2025
Past Darg‘omda cho‘chqaxona egalari havoni ifloslab kelgani aniqlandi
17:53 / 25.11.2025
Adiz Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
14:21 / 25.11.2025