Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hojilarni Saudiya Arabistonidan qaytarish jadvali ma’lum qilindi
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi qatnovlari 13 may kuni boshlanib, 29 iyun kuni yakunlanadi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi «Haj-2025» dasturi doirasida Saudiya Arabistoniga charter yo‘lovchi aviaqatnovlarini amalga oshirishni boshlashi haqida xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 13-28 may kunlari haj amallarini bajarish uchun jo‘nab ketayotgan ziyoratchilar mamlakatning sakkizta hududiy xalqaro aeroporti – Toshkent, Samarqand, Namangan, Qarshi, Termiz, Navoiy, Urganch va Nukus shaharlaridan Madina shahriga yetkaziladi. Joriy yilda Uzbekistan Airways 6267 nafar ziyoratchi tashuvini amalga oshiradi.
Jiddadan Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlariga ortga qaytuvchi aviaqatnovlar 12-29 iyun kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mazkur bosqichda 15150 nafar ziyoratchi tashuvini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Avvalroq, O‘zbekiston musulmonlari diniy idorasi Haj-2025 mavsumining qachon boshlanishi haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026