Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda
Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi "O‘zbekistonda yomg‘ir sun’iy texnologiyadan foydalangan holda yog‘diriladi" sarlavhali maqola e’lon qildi.
Foto: t. me / fermer.uz
Unda Navoiy viloyatining Konimex tumanida O‘zbekistonda ilk marotaba yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasi qo‘llanayotgani qayd etilgan.
Ma’lum qilinishicha, tuman hokimligi tashabbusi bilan bulut hosil bo‘lishi va yog‘ingarchilikni rag‘batlantirish maqsadida atmosfera jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadigan maxsus texnikalar keltirilgan.
Bu texnologiya qurg‘oqchil iqlimi bo‘lgan qator mamlakatlarda qo‘llansa-da, O‘zbekiston uchun birinchi loyiha sanaladi.
"Ushbu innovatsion loyiha Qozog‘istonning International centre of climate change technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Yaylovlarda yomg‘ir yog‘dirish innovatsiyasini qo‘llash orqali Konimexning cho‘l hududlarida chorvachilikni rivojlantirish maqsad qilingan. Mazkur texnologiya tumanda qurg‘oqchilikka qarshi kurashishda keng qo‘llanadi, – deyilgan maqolada.
Mavzuga oid
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
21:57 / 03.05.2026
Kuchli yomg‘irlar “Chorsu” metro bekati faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmadi - FVV
16:15 / 02.05.2026
2 oyda 11 qurbon: Navoiyda yana dahshatli YTH sodir bo‘ldi
08:28 / 11.04.2026