Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samaradorligi isbotlanmagan dorilar davolash protokollaridan chiqariladi
O‘zbekiston prezidenti klinik protokollarni qayta ko‘rib chiqish va xalqaro manbalar tomonidan samarasiz yoki yetarlicha o‘rganilmagan deb topilgan dori vositalarini protokollardan chiqarishni boshlash bo‘yicha topshiriq berdi. Barcha tibbiyot muassasalarida, ayniqsa bolalar shifoxonalarida antibiotiklarni qo‘llashning asosliligi tekshiriladi.
O‘zbekistonda har yili 600-700 million dollar mablag‘ samaradorligi isbotlanmagan va o‘rganilmagan dorilarga sarflanmoqda. Bunday dorilarning importdagi ulushi 42 foiz.
Rivojlangan davlatlar dalillarga asoslangan tibbiyotga tayanib, keng miqyosda o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar orqali samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan dorilardan foydalanadi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga xalqaro tan olingan manbalarda «samarasiz yoki samarasi o‘rganilmagan» deb topilgan preparatlarni klinik protokollardan chiqarishni boshlash topshirildi.
Barcha tibbiyot muassasalari, birinchi galda bolalar shifoxonalarida antibiotiklarni asosli qo‘llash bo‘yicha kompleks reviziya o‘tkaziladi va protokollarga amal qilmagan xodimlarga nisbatan chora ko‘riladi.
Bosh prokuraturaga retseptli dorilarni noqonuniy sotganlik uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash topshirildi.
«Elektron retsept» tizimini Toshkent shahrining Yunusobod tumanida to‘liq ishga tushirib, butun respublikaga namuna qilish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
17:59 / 06.05.2026
Samarqandda xatna fojiasi: sog‘lom bolalarni nosog‘lom tizim o‘ldirdi
07:12 / 06.05.2026
2030 yilgacha 3 mingdan ortiq davlat tibbiyot muassasasi litsenziyalanadi
21:10 / 03.05.2026
Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:14 / 20.04.2026