Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
Mushuk o‘z uyiga umuman kelmay qo‘ygan. Shu bois uning egalari hayvonga muntazam ravishda ovqat berib kelgan ayol ustidan shikoyat qilgan.
Shveytsariyada 68 yoshli ayol qo‘shnisining mushugiga ovqat bergani uchun sud qilinadi. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, o‘zgalarning uy hayvonini muntazam ravishda boqish jinoyat hisoblanadi, deb yozmoqda Swissinfo.
Qayd etilishicha, ayol 10 oyga yaqin doimiy ravishda qo‘shnisining Leo laqabli mushugiga ovqat berib kelgan va uni o‘z kvartirasiga olib kirgan. U hatto mushuk mustaqil ravishda bemalol kirib-chiqishi uchun maxsus eshik ham o‘rnattirgan.
Mushukning egalari ayoldan bir necha bor unga ovqat bermaslikni so‘ragan. Ammo Leo o‘z uyiga kam kelishni davom etgan, keyinchalik esa umuman kelmay qo‘ygan. Shu bois hayvonning egalari ayolni o‘z mushugini noqonuniy ravishda egallab olishda ayblagan.
Tsyurix prokuraturasi nafaqadagi ayolga nisbatan 3,6 ming Shveytsariya franki (4,3 ming dollar) miqdorida jarima belgilashni, shuningdek, qo‘shimcha 800 frank undirishni so‘ragan. Ayol idora qaroriga rozi bo‘lmagan va ish sudga oshirilgan.
Shveytsariyada hayvonlar shaxsiy mulk sifatida e’tirof etiladi. Shuning uchun o‘zgalarning uy hayvonlarini muntazam oziqlantirish mumkin emas, aks holda jarima yoki boshqa jazoga tortilish mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
09:02 / 29.05.2026
Shveytsariyada vokzalda hujum: uch kishi yaralandi
21:07 / 28.05.2026