Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi
Germaniyaning yangi hukumati kelajakda Ukrainaga qurol-yarog‘ tizimlari yetkazib berilishi haqidagi ma’lumotni sezilarli darajada qisqartiradi, deb xabar berdi Reuters manbaga tayanib.
Germaniyaning yangi hukumati Ukrainaga qurol tizimlari yetkazib berilishi haqidagi ma’lumotlarni yanada sezilarli darajada qisqartiradi. Bu haqda 9 may, juma kuni hukumat doiralaridagi manbaga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Maqsad Rossiyaga strategik ustunlik bermaslik uchun ma’lumotlarni e’lon qilishda «noaniqlikka» erishishdir, dedi agentlik manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, natijada Germaniya hukumati saytida Kiyevga Germaniya tomonidan yetkazib berilgan harbiy texnikalar ro‘yxatini chop etish to‘xtatilishi ehtimoldan xoli emas. Deputatlar va ommaviy axborot vositalarining bosimi ostida Germaniya rasmiylari ushbu ro‘yxatni 2022 yil 21 iyundan boshlab muntazam ravishda yangilab kelmoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Germaniya kansleri Fridrix Mersning 7 may kuni Parijga tashrifi chog‘ida Ukraina uchun alohida qurol tizimlari haqida endi ochiq gapirmaslikka kelishib olganliklarini aytdi. «Shuning uchun ham biz ma’lum sohalar bo‘yicha aniq ma’lumot bermaslikka qaror qildik», dedi Fransiya rahbari Germaniya Ukrainaga TAURUS qanotli raketalarini yetkazib beradimi, degan savolga javob qaytarar ekan.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar matbuot anjumanlarida qurol toifalari va modellari haqida gapirmaydi, «chunki Rossiya armiyasi ham savollarga javoblarni yozib olishi mumkin».
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026