Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London va Skandinaviya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi
Buyuk Britaniya va bir qator Shimoliy Yevropa davlatlari Osloda Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. «Agar bunday sulhga rioya etilmasa, sanksiyalar joriy etilishi kerak», - dedi Norvegiya vazirlar mahkamasi rahbari.
Buyuk Britaniya va bir qator Shimoliy Yevropa davlatlari Osloda Ukrainada hech qanday sharsiz o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. 8 va 9 may kunlari Norvegiya poytaxtida Birlashgan ekspeditsiya kuchlariga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat, Yevropa va xavfsizlik muammolari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdilar.
9 may, juma kuni Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore: «Uzoq muddatli tinchlikka erishish uchun bizga so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish kerak», — dedi u.
2014 yilda tashkil etilgan JEF o‘nta davlatni o‘z ichiga oladi: Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Islandiya, Latviya, Litva, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Shvetsiya. 8 may oqshomida sammit ishtirokchilari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va Oq uy rahbari Donald Tramp bilan videoaloqa orqali muloqot qilishdi, deb xabar berdi AFP.
Finlyandiya prezidenti Aleksander Stubb Styore bilan qo‘shma matbuot anjumanida JEF Rossiyaga qarshi ehtimoliy sanksiyalarni AQSh bilan muvofiqlashtirishni istashini aytdi. Gap Zelenskiy tomonidan taklif qilingan Rossiya bank va energetika sohalariga nisbatan cheklovlar haqida bormoqda, deb tushuntirdi Stubb.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026