Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
AQSh sobiq prezidenti o‘zini va oilasini qo‘llab-quvvatlayotganlarga minnatdorchilik bildirdi.
AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden o‘zida saratonning agressiv shakli topilgani haqida ilk bor izoh berdi.
«Saraton barchamizga ta’sir qiladi. Ko‘pchiligingiz kabi Jill (sobiq birinchi xonim Jill Bayden) va men ham qiyin bo‘lgan vaziyatda eng kuchli ekanimizni bilib oldim. Bizga muhabbat va qo‘llab-quvvatlash bilan dalda berayotganingiz uchun tashakkur», deb yozdi Bayden ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq, Jo Baydenga prostata bezi saratoni tashxisi qo‘yilgan edi. Sobiq prezident va uning oilasi davolanish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, Baydenning prostata saratoni 4-bosqichi allaqachon suyaklariga o‘tib ketgan va bu kasallikning eng xavfli bosqichi, uni davolab bo‘lmaydi. Shu bilan birga, onkologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar zamonaviy tibbiyot bunday tashxis qo‘yilgan bemorlarga yaqinda bo‘lgani kabi oylar emas, balki yillar davomida yashashga imkon berishini ta’kidladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zidan oldingi prezidentga saraton tashxisi qo‘yilgani haqidagi xabarga izoh berib, uning tezda shifo topib ketishini tiladi.
Mavzuga oid
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026