Reuters agentligining xabar berişiça, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio yangi çeklovlar Kubaning beşta davlat kompaniyasiga nisbatan qöllanayotganini ma’lum qildi. Ularning uçtasi mamlakat Qurolli kuçlari tasarrufidagi Grupo de Administración Empresarial S.A. (GAESA) biznes-konglomerati bilan boğliq.
Turli baholaşlarga köra, GAESA Kuba yalpi içki mahsulotining qariyb 40 foizini nazorat qiladi. Agentlik ma’lumotlariga köra, xolding 2024 yil holatiga 14,5 milliard dollar miqdorida likvid aktivlarga ega bölgan.
Sanksiyalar röyxatiga kiritilgan kompaniyalar taşqi savdo, import-eksport operatsiyalari, xorijiy investitsiyalar, moliyaviy xizmatlar hamda pölat işlab çiqariş sohalarida faoliyat yuritadi. Şuningdek, AQŞ Kuba Milliy xavfsizlik kengaşi rahbari va Raul Kastroning öğli Alexandro Kastroning turmuş örtoğiga nisbatan ham çeklovlar joriy qildi.
Marko Rubioning ta’kidlaşiça, Kuba hukumati GAESA orqali mamlakat iqtisodiyotining muhim qismini nazorat qilib, uşbu mablağlardan repressiyalar, kuzatuv faoliyati va AQŞ manfaatlariga qarşi harakatlarni moliyalaştiriş uçun foydalanmoqda.
Kuba taşqi işlar vaziri Bruno Rodriges esa yangi sanksiyalarni «şafqatsiz agressiya» va «jamoaviy jazolaş siyosati» deb baholadi. U Marko Rubioni Kubaga nisbatan adolatsiz va haqiqatga töğri kelmaydigan ayblovlar qöyayotganlikda tanqid qildi.
Şu bilan birga, AQŞ Oliy sudi Amerika kompaniyalarining Fidel Kastro davrida milliylaştirilgan mulklari böyiça tovon talab qilib sudga murojaat qiliş huquqini tasdiqladi.
Xususan, energetika giganti Exxon kompaniyasi Kubada davlat tasarrufiga ötkazilgan neftni qayta işlaş zavodi, neft terminallari va 100 dan ortiq yonilği quyiş şoxobçalari böyiça da’vo kiritiş imkoniyatini qölga kiritdi. The Wall Street Journal ma’lumotiga köra, ehtimoliy kompensatsiya miqdori 1 milliard dollargaça yetişi mumkin.
Tahlilçilar fikriça, Vaşingtonning bu qadamlari AQŞ va Kuba örtasidagi munosabatlarni yanada taranglaştirişi, şu bilan birga Donald Tramp ma’muriyatining Havanaga nisbatan qat’iy siyosatini kuçaytirişi mumkin.

















