Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti
Aleksandr Stubb AQSh va Ukraina prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Finlandiya yetakchisiga ko‘ra, oxirgi ikki haftada ishlar «Ukraina uchun ijobiy yo‘nalishda» siljigan.
Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatidan keyin uning «sabri tugashni boshlagani»ni ma’lum qildi.
Stubbning so‘zlariga ko‘ra, 17 may kuni u Tramp bilan telefon orqali uzoq gaplashgan, yakshanba kuni ertalab esa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan qo‘ng‘iroqlashgan.
«Zelenskiy sabrli, ammo Tramp [Vladimir] Putinga nisbatan sabrini yo‘qotishni boshlagan», — deydi Stubb STT’ga bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, oxirgi ikki haftada ishlar «Ukraina uchun ijobiy yo‘nalishda» siljigan. Stubbning qo‘shimcha qilishicha, Finlandiya Zelenskiyning 24-25 iyun kunlari Haagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.
14 may kuni Italiyaning ANSA agentligi diplomatik manbalariga tayanib, AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif qilinishiga qarshi ekani haqida yozdi. Hozircha sammitda ishtirok etish uchun alyans tarkibiga kirmaydigan faqat to‘rtta davlat — Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya va Yangi Zelandiya taklif olgan.
Mavzuga oid
20:52 / 09.06.2026
Tramp NBA finalida hushtakbozlikka uchradi
09:13 / 09.06.2026
«Bibi, ehtiyot bo‘l, aks holda mutlaqo yolg‘iz qolasan» – Trampning chaqiriqlardan keyin Isroil va Eron to‘xtadi
22:26 / 07.06.2026
Boshlovchi bilan aytishib ketgan Tramp intervyuni to‘xtatdi
20:25 / 07.06.2026