Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
AQSh rahbari hozirga qadar o‘zi va Eron oliy rahbari o‘rtasida hech qanday muloqot bo‘lmaganini aytdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp agar Eron oliy rahbari Mujtabo Xominaiy qiziqish bildirsa, u bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«Agar u xohlasa, muzokara o‘tkazardim», - dedi Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida Xominaiy bilan bevosita muzokaralar ehtimolini izohlarkan.
Shu bilan birga, Amerika rahbari hozirga qadar o‘zi va Eron oliy rahbari o‘rtasida hech qanday muloqot bo‘lmaganini aytdi.
Tramp, shuningdek, Xominaiyda «ma’lum darajada jasorat» borligini qayd etdi. U AQSh Xominaiyning qayerda ekanini bilish-bilmasligi haqida ma’lumot berishni istamadi.
«Uning qayerdaligini bilamanmi yoki yo‘qmi, bu haqda gapirishni istamayman. Lekin bilishim ehtimoli juda yuqori», — dedi u.
Avvalroq Eron oliy rahbarining harbiy maslahatchisi Muhsin Rizoiy Xominaiy Tramp bilan uchrashmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
11:56
AQSh Eronga javob zarbalari yo‘lladi va neft sotuvini yana taqiqladi
09:10
AQShning Eronga yangi hujumlari mintaqada keskinlikni yanada oshirdi
21:41 / 07.07.2026
Eronda Ali Xominaiyning dafn marosimi o‘tkazilmoqda – suratlar
20:08 / 07.07.2026