Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam 722 million so‘mga sotildi
O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz elektron savdo platformasida o‘tkazilgan navbatdagi onlayn auksionlar natijasida jami 697 dona avtoraqam sotildi.
Foto: Kun.uz
Birja xabar qilishicha, sotilgan avtoraqamlarning katta qismi — aniqrog‘i, 644 tasi (ya’ni 96 foizdan ortig‘i) jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilindi. Qolgan raqamlar esa yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan.
Savdo platformasida eng past narxda xarid qilingan avtoraqam qiymati 1 million 900 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 20 may kuni eng yuqori narxda sotilgan “chiroyli” avtoraqam 722,3 million so‘mga baholandi.
Mazkur summa 2025 yil boshidan buyon qayd etilgan eng yuqori narx sifatida qayd etildi.
Mavzuga oid
22:24 / 07.04.2026
Birjadagi oxirgi 2 savdo sessiyasida dizel narxi 17,5 foizga qimmatlashdi
14:47 / 24.03.2026
Trampning neft narxini qulatgan bayonoti arafasida birjada shubhali bitimlar amalga oshirildi
10:51 / 22.01.2026
Eng og‘ir yuk mashinalari va yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun yangi avtoraqamlar joriy etiladi
20:28 / 15.12.2025