Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» agentligi huquqbuzarliklar va jinoyatlarni aniqlashda hamkorlik qilishga kelishib oldi.
Bosh prokuratura va Kosmik tadqiqotlari va texnologiyalar agentligi («O‘zbekkosmos») o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tomonlar ekologik xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qiladi. Aerokosmik texnologiyalar nazorat choralari, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlariga kiritiladi.
Bosh prokuratura, shuningdek, o‘z faoliyatida Davlat kosmik monitoringi tizimidan olingan shaffof va yuqori aniqlikdagi ma’lumotlardan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Tomonlar tizimli ravishda axborot almashadi va bir qator yo‘nalishlarda ish olib boradi, jumladan:
- daraxtlar kesilishi va yashil maydonlar qisqarishi holatlarini monitoring qilish;
- yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilish va kon qazish ishlarini aniqlash;
- daryolar o‘zanlari va qo‘riqlanadigan hududlarda foydali qazilmalar qazib olinishini nazorat qilish;
- o‘zanlarni tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash jarayonida loyihalardan chetga chiqish holatlarini tekshirish;
- foydali qazilmalar qazib olinishining haqiqiy hajmini o‘lchash;
- chiqindilarni noqonuniy tashlab yuborish va saqlash joylarini kengaytirishni nazorat qilish;
- dalalarda somon va o‘simlik qoldiqlarini yoqish holatlarini qayd etish.
Mavzuga oid
22:59 / 13.05.2026
O‘zbekistonning ilk kosmonavti 2028 yilda koinotga uchiriladi
20:14 / 08.05.2026
Toshkentda prokuratura xodimlari G‘alaba kuniga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etdi
11:02 / 28.03.2026
Namanganda sof oltin, Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi
19:50 / 10.03.2026