Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
Harvard universiteti Oq uyni chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlagani uchun sudga berdi. Sudya Tramp ma’muriyatining qarorini vaqtinchalik blokladi.
AQSh federal sudi prezident Donald Tramp ma’muriyatining Harvard universitetini xalqaro talabalarni qabul qilish imkoniyatidan mahrum qilishini vaqtinchalik blokladi. Bu haqdagi qaror 23 may, juma kuni sobiq prezident Barak Obama tomonidan tayinlangan AQSh okrug sudi sudyasi Ellison Berrouz tomonidan chiqarilgan.
Bu buyruq Oq uyning ish sudda ko‘rib chiqilayotgan vaqtda oliygohning Talabalar va almashinuvchilar dasturi - Student and Exchange Visitor Program (SEVP)ni faoliyat yuritish sertifikatini bekor qilishiga to‘sqinlik qiladi. Tramp ma’muriyati qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin.
Bir kun avval AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Harvard universitetini «zo‘ravonlik, antisemitizmni rag‘batlantirish va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan muvofiq ishlashda» ayblab, sertifikatni bekor qilishni buyurdi.
Harvard universiteti 23 may kuni Massachusets federal sudiga Tramp ma’muriyatining xalqaro talabalarni o‘qitishni taqiqlashiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026