Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi
Berlin Kiyevga uzoq masofali qurollar ishlab chiqarishda moliyaviy yordam beradi. Bu tezkor natijalarga olib kelishi kerak. Ukraina yaqin haftalarda dastlabki uzoq masofali qurol tizimlaridan foydalanishi mumkin.
Germaniya Mudofaa vazirligining xabar berishicha, Ukraina yaqin orada Germaniya bilan birgalikda ishlab chiqarilgan birinchi uzoq masofali qurollardan foydalanishi mumkin. «Joriy yilda bunday tizimlarning salmoqli miqdori ishlab chiqarilishi va ulardan birinchisi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bir necha hafta ichida qo‘llanishi mumkin», — deyiladi idoraning 28 may, chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotida.
Vazirlikning qayd etishicha, ushbu turdagi qurollar allaqachon Ukraina Qurolli kuchlarida foydalanishga topshirilgan, shuning uchun qo‘shimcha tayyorgarlik talab etilmaydi. Qurollarning aniq turi ko‘rsatilmagan. Germaniya hukumati avvalroq Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish tafsilotlarini kelajakda oshkor qilmasligini ma’lum qilgan edi.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius va uning ukrainalik hamkasbi Rustem Umerov avvalroq kansler Fridrix Mers tomonidan e’lon qilingan uzoq masofali qurollarni xarid qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi. Germaniya mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, hujjat Ukrainada ushbu turdagi qurol ishlab chiqarishni moliyalashtirishni nazarda tutadi. Mers, shuningdek, Ukraina va Germaniyada ham amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan sanoat miqyosidagi hamkorlikni eslatib o‘tdi.
Shuningdek, Ukraina Germaniyadan o‘q-dorilar, boshqa turdagi qurollar ko‘rinishida qo‘shimcha yordam olishi hamda jihozlarni ta’mirlash, sun’iy yo‘ldosh aloqalarini ta’minlash va tibbiy asbob-uskunalar yetkazib berishda ko‘mak olishi ma’lum qilingan. Yordam paketining umumiy miqdori 5 milliard yevroni tashkil etadi. Ushbu mablag‘larni ajratish allaqachon Bundestag tomonidan tasdiqlangan.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25 / 09.06.2026