Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi
Guvohlarning xabar berishicha, uchuvchisiz uchoq Moskva janubi-g‘arbidagi turar joy majmuasiga urilgan. Jiddiy vayronalar va qurbonlar yo‘q, deb yozdi shahar meri Sergey Sobyanin.
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari 29 may, payshanbaga o‘tar kechasi Moskvaga hujum qildi. Bu haqda Rossiyaning Telegram-kanallari guvohlarga tayanib xabar berdi. Zarbani shahar meri Sergey Sobyanin ham tasdiqlagan.
Baza kanali dron qulagan joydan bir nechta videolarni chop etdi. Ular kelib urilgan turar joy binosining fasadi shikastlangan. Jurnalistlar va guvohlarning ta’kidlashicha, zarba Rossiya poytaxtining janubi-g‘arbidagi Troparevo metro bekati yaqinida joylashgan "Miraks Park" turar joy majmuasiga bo‘lgan. Qayd etilishicha, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy akademiyasi bir necha uy narida joylashgan.
«Dushman dronining hujumini qaytarish natijasida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Vernadskiy prospektidagi uyda jiddiy vayronagarchilik va qurbonlar yo‘q. Dron parchalari qulagan joyda tegishli xizmatlar mutaxassislari ishlamoqda», — deb yozdi Sergey Sobyanin o‘zining Telegram-kanalida. O‘sha kechasi avvalroq u Moskva viloyatiga uchuvchisiz uchoq hujumi qaytarilganini ma’lum qilgan edi.
29 mayga o‘tar kechasi Moskva viloyatining Odinsovo va Aprelevka aholisi ham portlash ovozlari haqida xabar berdi. Ushbu fonda poytaxtning Vnukovo aeroportida samolyotlarning uchishi va kelishiga cheklovlar joriy etildi.
Mavzuga oid
16:47 / 10.06.2026
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
10:25 / 09.06.2026