Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva vafot etdi
Dilorom Omonullayeva
O‘zbek estrada san’atiga munosib hissa qo‘shgan kompozitor, pedagog va professor Dilorom Omonullayeva 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda marhumning hamkasblari Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Dilorom Omonullayeva – taniqli bastakor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Doʻstlik” ordeni sovrindori edi.
U 1959 yil 1 oktyabrda Toshkent shahrida musiqachilar oilasida tug‘ilgan. V.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida fortepiano sinfi bo‘yicha ta’lim olgan. 1978 yilda Moskvadagi P.I.Chaykovskiy nomidagi konservatoriyada tahsil olgan va professor Rumil Vildanov sinfini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 1993 yildan V.Uspenskiy nomidagi maxsus musiqa maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Dilorom Omonullayeva ijodiy faoliyati davomida ko‘plab taniqli xonandalar — Azimjon Soliyev, Obid Dadajonov, Xurshid Hotamov, Farrux Zokirov kabilar uchun musiqalar bastalagan. Ularning “Siz yoqqansan menga”¸ “Sen qaydasan”¸ “Emir yog‘di”¸ “Saraton” va boshqa qo‘shiqlari shuhrat qozongan.
Mavzuga oid
07:23 / 02.04.2022
Avaz Mansurov Milliy estrada san’ati instituti rektori etib tayinlandi
08:25 / 18.10.2021
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti tashkil etildi
08:40 / 04.08.2017
Prezident: «Bugungi estrada xonandalarining aksariyati to‘yga qatnash bilan ovora»
19:50 / 03.08.2017