Hukumat qarori bilan Avaz Mansurov Özbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutining rektori etib tayinlandi. 

Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qöqon şahrida tuğilgan. 1982 yilda Toşkent davlat konservatoriyasining bastakorlik bölimini professor B.Zeydman sinfida, 1986 yil assistent-stajyorlikni professor F.Yanov-Yanovskiy sinfida tamomlagan. 

Professor Avaz Mansurov Özbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi mudiri, öquv işlari böyiça prorektor, Bastakorlar uyuşmasi kotibi bölib işlagan.

Eslatib ötamiz, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti prezident qarori bilan 2021 yil 16 oktyabrda taşkil etilgan.

Institut davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, Özbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi. 

Institut milliy estrada yönalişi böyiça malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi.