Özbekiston davlat konservatoriyasi huzurida Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti taşkil etildi.

Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:

milliy estrada yönalişi böyiça malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaş, ularning ilmiy-ijodiy faoliyat bilan şuğullanişlari uçun keng imkoniyatlar yaratiş;

milliy estrada yönalişida öquv-metodik adabiyotlar yaratiş, atoqli kompozitor va bastakorlar, xonanda va sozandalar ijodini çuqur örganiş, şuningdek, milliy estrada ijroçiligi namunalarini notaga köçiriş;

milliy estrada yönalişi böyiça fundamental, amaliy va ijodiy izlaniş hamda tadqiqotlar olib boriş, sohada şakllangan ijodiy maktablarning öziga xos ijro uslublari va an'analarini qayta tiklaş va rivojlantiriş;

milliy estradaning zamonaviy ijro uslublari namunalarini notaga oliş va amaliyotga keng joriy etiş, milliy estradaning ijtimoiy-tarixiy ildizlari, ilmiy-nazariy negizlari, milliy va umumbaşariy qadriyatlar bilan boğliq jihatlarini olimlar va ijroçi mutaxassislar iştirokida çuqur örganiş;

milliy estradani yanada rivojlantiriş, bu borada şakllangan ijro va ijodiy maktablar faoliyatini qöllab-quvvatlaş hamda rivojlantiriş;

milliy estrada yönalişida zamonaviy ijro namunalarining “Oltin fondi”ni yaratiş;

xalqimiz, xususan, yoş avlod ongida milliy estrada orqali milliy özlikni anglaş tuyğusi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptiriş;

estrada yönalişlarida xorijiy ta'lim muassasalari va taşkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş, özaro tajriba almaşiş, qöşma ta'lim dasturlari va ilmiy loyihalarni amalga oşiriş.

Belgilanişiça, institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi va Özbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi. Institutda öquv jarayoni 2021/2022 öquv yilidan boşlanib, ta'lim davlat granti hamda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

2022/2023 öquv yilidan boşlab institutga qabul parametrlari belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlaridan kelib çiqqan holda şakllantiriladi. Institut bitiruvçilariga oliy ta'lim töğrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi.