2017 yilning 3 avgust kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişida davlat rahbari bugungi estrada xonandalari haqida ham töxtalib ötdi.
Qayd etilişiça, eng ommaviy san'at bölgan estrada san'atini rivojlantiriş Madaniyat vazirligi e'tiboridan çetda qolmoqda. Bu sohada ijod qilayotgan aksariyat ijroçilar faoliyatida talabçanlik va mas'uliyat, ijtimoiy jarayonlarga daxldorlik tuyğusi tobora pasayib borayotgani aytildi.
“Men öz tajribamdan yaxşi bilaman, katta bayramlarimizni – bu Mustaqillik, Navröz yoki Konstitutsiya bayrami böladimi – ularni ötkazişda bizni eng qiynaydigan, xunobimizni çiqaradigan narsa – bu estrada dasturi ekanini hammangiz yaxşi bilasiz. Ming afsuski, mana şu holat hali ham barham topgani yöq. Estrada san'atidagi kamçiliklarning asosiy sabablari heç kimga sir emas. Köpçilik qöşiqçilar mas'uliyatni unutib, öz ustida işlamay qöygan, izlaniş, mahoratini oşiriş, yangi ijodiy ğoyalar bilan yaşaş, san'at dunyosiga, muxlislarga hurmat kabi tuşunçalar ularga begona bölib qolgan, desak, qançalik aççiq bölmasin, bu ham haqiqat. Şunday san'atkorlar ham borki, unvon olguniça tinimsiz yelib-yuguradi, hol-joningizga qöymaydi. Unvon oldimi, tamom, suvga tuşgan toşdek jim bölib ketadi. Ulardan unvonga yaraşa, xalqning e'tiboriga yaraşa ijod qani, deb söraş örinlimi yoki yöqmi? Ijodkorning talabi bilan birga burçi ham bölişi kerak emasmi?”, - dedi Prezident.
Ta'kidlanişiça, şu munosabat bilan musiqa san'ati sohasida faxriy unvonlar, avvalambor, “Özbekiston xalq artisti”, “Özbekiston Respublikasi san'at arbobi”, “Özbekistonda xizmat körsatgan artist”, “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” kabi mukofotlar bilan taqdirlaş masalasini, bu borada qabul qilingan normativ-me'yoriy hujjatlarni tanqidiy nuqtai nazardan qayta körib çiqiş vaqti kelgan.
“Unvon berişda san'atkorning faqat törtta qöşiği emas, uning ijtimoiy faolligi, munosib şogirdlar tarbiyalagani, el-yurt örtasidagi obro‘-e'tibori, eng muhimi, san'atga sadoqati ustuvor mezon sifatida belgilanişi şart. Boşqaça aytganda, biz bu yuksak unvonlarning nufuzi va obrösini saqlaşimiz lozim. Bizning xalqimiz – san'atsevar xalq, özi sevgan, yoqtirgan ijroçilarni nafaqat televizor yoki sahnada, balki özining yaxşi kunlarida, töy-haşamlarida ham körgisi keladi. Buni hammamiz töğri tuşunamiz. Ming afsuski, bugungi estrada xonandalarining aksariyati hali Yangiyölga, hali Şovotga, hali Yangiqörğonga, hali Çiroqçiga töyga qatnaş bilan ovora. Boşqa biron masala bilan işi yöq. Albatta, san'atkorda ham oila, bola-çaqa bor, ularning ham hayotiy ehtiyojlari bor. Buniyam töğri tuşunamiz. Lekin ijodni pulga, mol-dunyoga almaştirgan odamdan san'at şafqatsiz öç oladi. Oxir-oqibatda har qanday yorqin iste'dod ham sönib, el-yurt nazaridan qoladi”, - degan Şavkat Mirziyoyev.








