Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron uranni boyitishni taqiqlashni «qizil chiziq» deb atadi
AQSh prezidenti Donald Tramp yadroviy dastur bo‘yicha potensial kelishuv Eronda uranni boyitishni istisno qilishini aytgan edi.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchiy mamlakat uranni boyitishda davom etish uchun ruxsat so‘ramasligini aytdi. U AQSh tomonidan Eronga qo‘yilgan tinch yadroviy dasturdan voz kechish talabini shunday izohladi.
«Ushbu taklifda juda ko‘p noaniqlik bor, bu maktubda ko‘plab savollar tushunarsiz. Biz yaqin bir necha kun ichida tegishli javob beramiz. Hududimizda uran boyitish masalasi «qizil chiziq». Bu haqiqat, menimcha, barcha davlatlar tushunib yetdi», dedi Abbos Aroqchiy jurnalistlarga.
AQSh prezidenti Donald Tramp bir kun avval yadroviy dastur bo‘yicha potensial kelishuv Eronda uranni boyitishni istisno qilishini aytdi. Reuters agentligining eronlik diplomatga tayanib xabar berishicha, Eron bu kelishuvni rad etadi, chunki bu Tehronni tinch yadroviy dasturga ega bo‘lish huquqidan mahrum qiladi. Shu fonda ushbu masala bo‘yicha AQSh-Eron muzokaralarining oltinchi raundi barbod bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi CNN.
Mavzuga oid
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31 / 09.06.2026
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12 / 09.06.2026
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13 / 09.06.2026