Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi migrantlarning uchdan bir qismi rus tili imtihonidan o‘tolmadi
Xususiy kompaniyalar bu jarayondan chetlatilgach, imtihon topshirolmaganlar darajasi 3 foizdan 30 foizga oshgani ta’kidlanmoqda.
Chet elliklarning 30 foizga yaqini rus tili imtihonidan birinchi urinishda o‘tolmadi, ularning deyarli yarmi esa keyingi urinishlarda ham o‘tolmadi. Bu haqda Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligiga tayanib TASS xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, xususiy kompaniyalar bu jarayondan chetlatilgach, imtihon topshirolmaganlar darajasi 3 foizdan 30 foizga oshgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yil may oyidan beri barqarorligicha qolmoqda.
2023 yil 10 dekabrdan boshlab, imtihon o‘tkazish huquqini uchinchi tomon tashkilotlariga berishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Ilgari bunday imtihonlarni shartnoma asosida tijorat tuzilmalari o‘tkazishi mumkin edi. Endi yangi imtihon muassasalarini maxsus ro‘yxatga kiritish qarori faqat Ta’lim va fan vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va «Rosobrnadzor» bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Shu bilan birga, Rossiya hukumati turli hollarda chet elliklar uchun imtihonlarning yagona narxini tasdiqladi. Fuqarolikni olishda rus tilidan, shuningdek, tarix va Rossiya qonunchiligi asoslaridan imtihon narxi har bir test uchun 2,95 ming rublni (37,5 dollar) tashkil qiladi. Vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash uchun ruxsatnoma olish uchun 5,9 ming rubl (75 dollar) to‘lanadi. Ishga ruxsat olish yoki patent olish uchun ariza topshirishda xuddi shu fanlar bo‘yicha bilimlarni tekshirish 3,8 ming rubl (48 dollar) turadi.
Mavzuga oid
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026