Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelida skuter haydovchisi halok bo‘ldi
Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida "Damas" va skuter to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Joriy yilning 2 iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo Tursunzoda-Mehrigiyo ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, "Damas" rusumli transport vositasi va skuter mototransport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida skuter mototransport vositasining haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026