Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Afg‘onistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Afg‘onistonning yetakchi farmatsevtika distribyutor kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama farmatsevtika sohasidagi hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan:
➡️ O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida farmatsevtika mahsulotlari eksport-importi hajmini oshirish;
➡️ Afg‘oniston hududida qo‘shma farmatsevtika ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish;
➡️ malakali kadrlar tayyorlash va tajriba almashish;
➡️ farmatsevtika sanoatidagi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Delegatsiya uchun O‘zbekistonning yetakchi farmatsevtika korxonalariga “tanishuv tur” tashkil qilindi. Mehmonlar xalqaro GMP standartlariga mos ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik liniyalar, laboratoriya va nazorat tizimlari bilan yaqindan tanishdi.

Afg‘onistonlik tadbirkorlar O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanayotganini, mahsulotlarning sifati va eksport salohiyati yuqori ekanini e’tirof etdi. Ular Afg‘oniston bozorida O‘zbekiston mahsulotlariga ehtiyoj yuqori ekanini qayd etdilar va tez fursatda qo‘shma korxonalarni ishga tushirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.


Mavzuga oid
20:03 / 05.07.2026
Retsept asosida sotiladigan qariyb 2500 nomdagi dori narxlari pasaytirildi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
13:28 / 27.06.2026