Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi
Milliarder “chegaradan chiqib ketgani”ni aytib, afsusdaligini bildirdi. U AQSh hukumatidan ketganidan sanoqli kunlar o‘tib, X tarmog‘ida prezident Donald Tramp bilan ochiqchasiga janjallashib ketgan, keyinroq o‘z postlarini o‘chirib yuborgan edi.
Amerikalik milliarder Ilon Mask o‘tgan hafta o‘zaro janjalga sabab bo‘lgan AQSh prezidenti Donald Tramp haqidagi bayonotlaridan afsusda ekanini aytdi.
«O‘tgan hafta prezident Donald Tramp haqidagi ayrim postlarimdan afsusdaman. Ular chegaradan chiqib ketdi», deb yozdi Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida. Ammo qaysi postlari ekaniga aniqlik kiritmadi.
Milliarder va prezident o‘rtasidagi mojaro tadbirkor hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) boshlig‘i lavozimini tark etganidan so‘ng, o‘tgan hafta yuzaga kelgandi.
Mask prezident imzolagan budjet loyihasini «jirkanch» deb atagan, Tramp esa bunga javoban tadbirkor aqldan ozganini aytib, uning kompaniyalari bilan hukumat shartnomalarini bekor qilish bilan tahdid qilgandi.
Shundan keyin Mask barcha Crew Dragon kemalari parvozini to‘xtatib qo‘yishga va’da berdi, lekin tez orada fikrini o‘zgartirdi. Milliarder, shuningdek, prezidentning jinsiy jinoyatda ayblangan moliyachi Jyeffri Epshteyn ishiga aloqadorligini da’vo qildi, ammo tez orada bu postni o‘chirib tashladi.
Mavzuga oid
09:59
«Apache» vertolyotini Eron droni urib tushirgani ma’lum bo‘ldi. AQSh va Eron yana zarbalar almashdi
09:30
«Artemida-3» uchun astronavtlar tanlandi
09:15
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
21:33 / 09.06.2026