Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda yuk mashinasi velosipedchi bolani urib ketdi
30 yoshli haydovchi MAN rusumli yuk mashinasida 9 yoshli velosipedchini urib yuborgan. Bola bu vaqtda yo‘lni kesib o‘tayotgan bo‘lgan. U YTHdan keyin shifoxonaga yotqizilgan. Voqeadan 6 kun o‘tib berilgan rasmiy xabarda bolaning hozirgi ahvoli haqida ma’lumot yo‘q.
Foto: Toshkent viloyati IIB YHXB
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi velosiped haydab ketayotgan 9 yoshli bolani urib ketdi. 5 iyun kuni ro‘y bergan hodisa haqida viloyat IIB YHXB 11 iyun kuni xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea soat taxminan 11:30 larda Baytish mahallasi hududidan o‘tgan D-022 “Nurafshon – Oqqo‘rg‘on – Yangiyo‘l” avtomobil yo‘lining 57-kilometrida ro‘y bergan.
Haydovchi K.T. (1995 y.t.) MAN TGS rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotgan vaqtda o‘ziga nisbatan o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan velosipedchi Yu.E.ni (2016 y.t.) urib yuborib, YTH sodir etgan.
Bola turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Voqeadan 6 kun o‘tib berilgan rasmiy axborotdan bolaning hozirgi ahvoli haqidagi ma’lumot joy olmagan.
Yangiyo‘l tumani IIB tergov olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:03 / 19.03.2026
Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
22:00 / 15.03.2026
Olmazor tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi qurbon bo‘ldi
20:56 / 14.03.2026
Hindistonda o‘zbekistonlik ayol YTH oqibatida halok bo‘ldi
08:42 / 13.03.2026