Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik hojilar 12 iyundan vatanga qaytishni boshlaydi
12 iyundan Saudiya Arabistonidagi o‘zbekistonlik hojilar bir necha kun davomida navbati bilan vatanga qaytadi. Joriy mavsumda O‘zbekistonning 15 ming fuqarosi muqaddas Haj ziyoratini amalga oshirdi.
Foto: Haj-umra markazi
Musulmonlar idorasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Jidda shahridan O‘zbekistonning 10 ta hududi – Toshkent, Buxoro, Namangan, Farg‘ona, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar amalga oshiriladi.
Tashish ishlariga Uzbekistan Airways samolyotlari jalb qilingan.
Ma’lumot uchun, 2025 yildagi Haj mavsumi 4 iyundan 9 iyungacha, ya’ni Zulhijja oyining 8 kunidan 13 kunigacha davom etdi. Unda jami 1,6 milliondan ortiq ziyoratchilar qatnashdi. Xususan, O‘zbekistondan 15 ming fuqaro muqaddas ziyoratni amalga oshirish uchun Makka shahriga yetib borgan.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
23:09 / 15.04.2026