Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Sudandagi bolalar uchun ocharchilik tahdidi haqida ogohlantirdi
JSST rahbarining ta’kidlashicha, gumanitar xodimlar yordam yetkazmoqchi bo‘lganida halok bo‘lyapti, bolalar esa ochlikdan aziyat chekyapti.
Sudanda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar fonida bolalar ochlik yoqasida, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus.
X platformasidagi postida Gebreyyesus gumanitar vaziyatning yomonlashuviga e’tibor qaratib, «bolalar ochlik xavfiga duch kelayotganini va gumanitar xodimlar hayotni saqlab qolish uchun yordam berishga harakat qilayotganini» ta’kidladi.
Hujumlar oqibatida xodimlarini yo‘qotgan BMT Jahon oziq-ovqat dasturi va BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNICeF)ga hamdardlik bildirdi.
JSST rahbari gumanitar xodimlarga qilingan hujumlarni qoraladi va tinch aholi, infratuzilma va missiya xodimlarini zudlik bilan va doimiy himoya qilishga chaqirdi.
«Eng yaxshi dori — tinchlik», deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
20:58 / 26.05.2026
Afrikadagilar Ebola bezgagi tarqalishini jilovlay olmayapti
22:16 / 25.05.2026
JSST Kongoda Ebola epidemiyasi nazoratdan chiqib ketgani haqida ogohlantirdi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
20:13 / 19.05.2026