Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oman Air O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston hamda Ummon o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida ikki davlat aviatsiya hukumatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish, jumladan Oman Air aviakompaniyasining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan parvozlari, shuningdek ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuvlarni yangilash bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Ummon aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasidagi kelishuv yangilandi. Imzolangan kelishuvga asosan har ikki tomon aviakompaniyalariga haftasiga 50 tagacha qatnov amalga oshirishga ruxsat berildi.
Shuningdek, Samarqand hamda Salala xalqaro aeroportlarida ochiq osmon rejimidan foydalanish hamda yuk tashish parvozlarida har ikki mamlakat aeroportlarida “beshinchi, oltinchi va yettinchi havo erkinligi”dan foydalanish huquqi berildi.
Joriy yilda Oman Air aviakompaniyasining O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarining yo‘lga qo‘yilishida tegishli yordam ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Mavzuga oid
23:09 / 21.05.2026
Oman Air Maskat va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi
12:09 / 12.11.2025
Ichki aviareyslar, go‘sht, nikoh uzugi. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar va xizmatlar
09:20 / 18.10.2025
Ulan-Ude - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
07:45 / 05.09.2025