Markaziy bank 2025 yilning oktabr oyi holatiga inflatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.
Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bo‘lgan, 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oshib, 9,8 foiz, 2025 yil oktyabr holatida 7,8 foizga tushgan.
Oziq-ovqat mahsulotlari
Infografikaga ko‘ra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boshqalari esa keskin oshgan:
Yillik hisobda shaftoli (-28,7 foiz), tarvuz (-21,8 foiz), bulg‘or qalampiri (-19,7 foiz), uzun boshoqli guruch (-18,3 foiz), yumaloq boshoqli guruch (-18,2 foiz), bodring (-17 foiz), banan (-15,1 foiz) va sarimsoq(-14,7 foiz) narxlari sezilarli darajada pasaydi.
Hisobot davrida quyidagi mahsulotlar narxlari sezilarli qimmatlagan:
- Suyaksiz mol go‘shti (+25,3 foiz);
- Karam (+24,7 foiz);
- Suyakli mol go‘shti (+24,2 foiz);
- Kungaboqar moyi (+22,6 foiz);
- Piyoz (+18,9 foiz);
- Kartoshka (+17,9 foiz);
- Mol va qo‘y jigari (+17,2 foiz);
- Qiyma (17 foiz).

Iste’mol narxlari indeksi savatidagi umumiy 170 turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan 150 tasining (88 foiz) yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘ldi.
Nooziq-ovqat tovarlar
Nooziq-ovqat mahsulotlaridan propan (-18 foiz), A4 qog‘oz (-3,9 foiz), yirik oshxona jihozlari (-3,5 foiz), konditsioner (-1,3 foiz), ovqat tayyorlash uchun priborlar (-1 foiz) va televizor (-0,3 foiz) arzonlagan.
Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlashi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,4 foizga qimmatlagan.
Shuningdek, nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan (+30,5 foiz), gazeta (+15,3 foiz), benzin (+11,7 foiz), dezodorant (+10,3 foiz), tabiiy gullar (9,8 foiz) narxlarida keskin qimmatlashish kuzatilgan.



















