Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oman Air Maskat va Toshkent o‘rtasida aviaqatnovni yo‘lga qo‘yadi
2 iyundan boshlab O‘mon Sultonligining milliy aviatashuvchisi Oman Air Maskat –Toshkent – Maskat yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni amalga oshiradi.
Parvozlar haftasiga uch marta — seshanba, juma va shanba kunlari Boeing 737 havo kemalarida bajariladi.
Ta’kidlanishicha, Oman Air aviakompaniyasining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi mamlakatning xalqaro aviaqatnovlarini rivojlantirish hamda Yaqin Sharq bilan transport aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi yana bir muhim qadamdir. Yangi yo‘nalish yo‘lovchilarga Maskat xalqaro aeroporti orqali Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Yevropa mamlakatlariga sayohat qilish, ish yuzasidan safarlar uyushtirish va qulay tutashuvlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Oman Air — O‘mon poytaxti Maskat xalqaro aeroportida joylashgan aviatashuvchidir. Bugungi kunda aviakompaniya keng xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘i bo‘ylab parvozlarni amalga oshiradi hamda British Airways va Qatar Airways kabi yetakchi aviakompaniyalarni o‘z ichiga olgan «Oneworld» global aviatsiya alyansining to‘laqonli a’zosi sanaladi.
Mavzuga oid
08:32 / 03.06.2026
Hongkongdan O‘zbekistonga yangi havo yo‘nalishi ochilishi mumkin
20:26 / 29.05.2026
Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin
07:00 / 24.05.2026
Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha avia va avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
19:51 / 22.05.2026