Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Qayd qilinishicha, 2024 yilda migrantlar jami 124 milliard rublni patent to‘lovi sifatida g‘aznaga o‘tkazgan, bu taxminan 1,5 milliard dollarga teng.
2025 yil yanvar-may oylarida Rossiya budjetiga migrantlar tomonidan patent bo‘yicha to‘lanadigan daromad solig‘i shaklida 63 milliard rubl tushdi. Bu haqda Rossiya IIV Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lum qildi.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu miqdor 2024 yil birinchi besh oyidagi ko‘rsatkichdan 35 foizga ko‘p.
Qayd qilinishicha, 2024 yilda migrantlar jami 124 milliard rublni g‘aznaga o‘tkazgan, bu taxminan 1,5 milliard dollarga teng.
Kazakovaning ta’kidlashicha, bu mablag‘lar xorijliklarning har oy patentga to‘laydigan avans to‘lovlaridir. Pul bevosita mahalliy budjetlarga tushadi.
Shu bilan birga, u 2025 yilda Rossiyada 3 millionga yaqin xorijlik ishlayotganini ta’kidladi.
«Ulardan 800 ming nafari qurilish sohasida, 350 ming nafari ulgurji va chakana savdo, ishlab chiqarishda, undan keyin tashish va saqlashda 193 ming nafari, qishloq xo‘jaligida 63 ming nafari», deb ta’kidladi Kazakova.
Ichki ishlar vazirligi vakili, shuningdek, 2024 yilda migrantlarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar soni 3,4 millionga yetganini ma’lum qilgan bo‘lsa, 2023 yilda 2,3 million protokol tuzilganini aytdi.
Mavzuga oid
09:15 / 10.06.2026
AQSh Kongressi migratsiya xizmati uchun 70 milliard dollar ajratdi
20:30 / 09.06.2026
“O‘g‘limning o‘rnidan boshqa bolani imtihonga kiritishgan” - Koreyaga ishga jo‘natish “biznesi” qurboni
19:24 / 09.06.2026
O‘zbekiston va Senegal vakillari AQShda qattiq tekshiruvdan o‘tkazildi
18:06 / 08.06.2026