Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ yangi rahbari rasman faoliyatini boshladi
Tomas Bax XOQ prezidenti lavozimini Kirsti Koventriga topshirdi.
Suzish bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Kirsti Koventri rasman Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti lavozimida ish boshladi. Lozannada uning vakolatlarini topshirish uchun maxsus marosim bo‘lib o‘tdi.
Koventri XOQni 2013 yildan beri boshqarib kelgan Tomas Bax o‘rnini egalladi. Mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda Zimbabve vakili g‘alaba qozongan edi.
Bax 41 yoshli Koventriga Olimpiya uyining ramziy kalitini topshirdi.
Koventri Baxga minnatdorchilik bildirdi va eng yaxshi jamoaga ega bo‘lishga va’da berdi.
Koventri Afina va Pekin Olimpiadalarida 200 metrga chalqancha suzishda g‘olib chiqqan. Shuningdek, olimpiadaning to‘rtta kumush va bitta bronza va jahon chempionatining uchta oltin medaliga ega.
Mavzuga oid
21:45 / 07.05.2026
XOQ Belarus sportchilari uchun barcha cheklovlarni bekor qildi
22:55 / 26.03.2026
Transgender sportchilarga Olimpiada ayollar musobaqalarida ishtirok etish taqiqlandi
09:03 / 12.02.2026
XOQ Berlin olimpiadasi ramzlari tushirilgan futbolkani sotuvdan olib tashladi
19:15 / 10.11.2025