Jamiyat | 15:31 / 24.06.2025
1195
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy tadqiqot universitetida “Bitiruvchi - 2025” tadbiri o‘tkazildi

2025 yil 23 iyun kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Madaniyat saroyida 2024-2025 o‘quv yilida Iqtisodiyot hamda Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo‘nalishi bakalavriat bosqichini tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalarining “Bitiruvchi-2025” tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.

Foto: TIQXMMI

Respublikamiz Oliy ta’lim tizimida alohida tarixiy voqelik sifatida shuni e’tirof etish kerakki, Dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentlik Quacquarelli Symonds (QS) World University Ranking 2025-yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi, dunyoning 8000 dan ortiq universitetlari ishtirok etgan bu reytingda O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim muassasalari tarixida birinchi bor TOP 500 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga “Toshkent irrigatsiya va qishlaq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga ko‘ra 469-o‘rini egalladi. 

2024-2025 o‘quv yilida Universitetni 2234 nafar talaba bitirmoqda shundan, “Iqtisodiyot” fakultetini 103 nafar bitiruvchilaridan 21 nafari universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 89 nafari bitiruv oldi amaliyotni o‘tagan tashkilotlarda rasmiy ish faoliyatini boshlagan bo‘lsa, 3 nafari xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarning magistratura dasturlariga qabul qilish bo‘yicha taklif olgan, 42 nafari B2 va C1 darajali xorijiy til bilish sertifikatlariga ega.

Universitetda o‘ziga xos o‘rin va an’analariga ega bo‘lgan "Iqtisodiyot" fakultetida yetuklik diplomlarini topshirish tadbiri tantanali tarzda o‘tdi. Bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalarini tabriklash va diplomlarni topshirishda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Mirzayev, prorektorlar va ish beruvchi tashkilot vakillari ishtirok etdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid