Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi
Kecha, 23 iyun kuni soat taxminan 17:00 larda Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tgan D-006 “Toshkent–Chirchiq–Chimyon” avtomobil yo‘lining 6-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi MAN rusumli avtobus hamda 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt rusumli yengil avtomobilning to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida ushbu transport vositalaridan tashqari yana bir necha avtoulovlarga ham shikast yetgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmagan.
Holat yuzasidan Qibray tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026