Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Crew Dragon kosmik kemasi tijorat ekipaji bilan XKSga uchib ketdi
Ekipaj ikki hafta davomida XKSda bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu vaqt davomida astronavtlar uning bortida 60 ga yaqin ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Foto: SpaceX
Ko‘p martalik Crew Dragon kemasi Axiom Space kompaniyasi dasturi doirasida to‘rt nafar turist bilan Xalqaro kosmik stansiya (XKS) tomon uchib ketdi.
Qayd etilishicha, Crew Dragon kemasi SpaceX kompaniyasining Falcon 9 tashuvchi raketasi yordamida Floridaning Kanaveral burnidagi kosmik markazdan uchirilgan.
Ekipaj tarkibidan Axiom astronavti va NASA’ning sobiq astronavti, komandir Peggi Uitson, kema uchuvchisi, Hindiston vakili Shubanshu Shukla, Vengriya va Polshadan kelgan mutaxassislar Tibor Kapu hamda Slavosh Uznanski o‘rin olgan.
Kema ekipaji ikki hafta davomida XKSda bo‘lishi rejalashtirilgan. Bu vaqt davomida astronavtlar uning bortida 60 ga yaqin ilmiy tadqiqotlarni amalga oshiradi.
Falcon 9 raketasi yordamida kemaning uchirilishi 29 mayda amalga oshirilishi kerak edi, ammo texnik sabablar, ob-havoning noqulayligi, shuningdek, statik sinov vaqtida suyuq kislorod oqib ketgani sabab u qoldirilgandi.
Axiom astronavtlarning birinchi tijoriy missiyasi 2022 yilning aprelida amalga oshirilgan. Avvaliga u 10 kunga mo‘ljallangan edi, ammo Florida sohillarida kuzatilgan noqulay ob-havo sabab to‘rt nafar astronavt stansiyada rejadagidan bir hafta ko‘proq vaqt o‘tkazdi. Axiom 1 missiyasi har bir a’zosining parvozi 55 million dollarga baholangan. Kosmik turistlar bilan parvozlarni yilda ikki-uch marta amalga oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 08.11.2025
Starlink Markaziy Osiyoda sun’iy yo‘ldosh aloqasini rivojlantirish bo‘yicha Veon bilan kelishuv tuzdi
11:14 / 14.10.2025
SpaceX Starship'ning 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi
18:26 / 02.10.2025
Ilon Mask $500 mlrd boylikka ega birinchi odamga aylandi – Forbes
07:36 / 26.09.2025