Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Optimus robotlarini fikr kuchi bilan boshqarish imkoniyati paydo bo‘ladi
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o‘z mijozlariga shunday imkoniyatni taqdim etadi. Ayni vaqtda miyasiga chip o‘rnatilgan yetti kishi kompyuterni fikr kuchi yordamida boshqarmoqda.
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi o‘z mijozlariga Tesla tomonidan yaratilgan Optimus humanoid robotlarini fikr kuchi yordamida boshqarish imkoniyatini taqdim etadi. Bu haqda kompaniyaning bir necha kun oldin bo‘lib o‘tgan tadbirida ma’lum qilindi.
Ilonga ko‘ra, miya implantlari o‘rnatilgan imkoniyati cheklangan insonlar «Optimus robotiga masofadan turib, fikr kuchi yordamida» bog‘lana oladi. Ushbu qadam mavjud texnologiyalarning davomi hisoblanadi: ayni vaqtda miyasiga chip o‘rnatilgan yetti kishi kompyuterni fikr kuchi yordamida boshqarmoqda, jumladan, ular matn terib, o‘yinlar o‘ynayapti.
Uzoq muddatli istiqbolda texnologiya organizm funksiyalarini to‘liq tiklashga yo‘naltirilgan. Implantlar miyadan keladigan elektr signallarini o‘qish va ularni tashqi qurilmalar uchun buyruqlarga aylantirish orqali ishlaydi.
Shuningdek, tadbirda implantlarning o‘zini takomillashtirish rejalari ham e’lon qilindi. 2026 yilga borib kompaniya 3000 ta kanalga ega chiplarni, 2028 yilda esa 25 mingta kanalli implantlarni taqdim etish niyatida.
Avvalroq Neuralink chipi o‘rnatilgan erkak bir haftada fikr kuchi orqali videoo‘yin o‘ynashni o‘rganib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Noutbuk qarshisidagi erkak xuddi ekranga shunchaki tikilib o‘tirgandek ko‘rinishi mumkin. Ammo e’lon qilingan videoda kursor uning fikr kuchi yordamida harakatlanayotganini ko‘rish mumkin.
Mavzuga oid
22:02 / 16.11.2025
Mask o‘zining odamsimon Optimus roboti qashshoqlikni yo‘q qilishini aytdi
19:27 / 08.10.2025
Miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan bemor «fikr kuchi» bilan robot-qo‘lni boshqardi
17:47 / 05.10.2025
Mask Optimus robotlari kung-fu o‘rganayotganini ko‘rsatdi
23:15 / 10.09.2025