Texnologiya | 23:15 / 10.09.2025
15170
2 daqiqa o‘qiladi

Neuralink miyasiga chip o‘rnatilgan 12 nafar bemor haqida xabar berdi

Implantlar 2 ming kundan ortiq vaqt davomida ishlatilgan.

Foto: Neuralink

Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi dunyo bo‘ylab allaqachon 12 kishi uning neyroimplantlardan foydalanayotganini ma’lum qildi. Qurilmalarning umumiy ishlash vaqti 2 ming kundan va 15 ming soatdan oshgan.

Neuralink implantlari miya-kompyuter interfeyslari sinfiga kiradi. Ular miyaga o‘rnatiladi va bemorlarga fikr yordamida qurilmalarni boshqarish imkonini beradi. Birinchi ommaviy foydalanuvchi baxtsiz hodisadan keyin falaj bo‘lib qolgan Nolan Arbo edi. Chip tufayli u video o‘yinlar o‘ynash va tillarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Hozir kompaniya AQShdan tashqari boshqa mamlakatlarda ham operatsiyalarni amalga oshirmoqda. Avgust va sentabr oylarida Neuralink Kanadada birinchi marta to‘rt yillik klinik tadqiqot doirasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Uning maqsadi shol bo‘lgan bemorlar texnikani boshqarish uchun chipdan foydalana olish-olmasligini tekshirishdir.

Bundan tashqari, yozda Neuralink Britaniya regulyatorlari tomonidan GB-PRIME deb nomlangan testni ishga tushirish uchun ruxsat oldi. Unda, shuningdek, harakatlanishida jiddiy nuqsoni bo‘lgan odamlar ham ishtirok etib, texnologiya raqamli qurilmalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lishga qanchalik yordam berishini aniqlaydi.

Neuralink uzoq muddatli istiqbolda o‘z operatsiyalarini ommaviy va nisbatan arzon qilmoqchi ekanini aytmoqda.

Mavzuga oid