Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy elektr tamoqlarini ishdan chiqaradigan raketaning «yangi turi»ni namoyish etdi
XXR televideniyesi orqali portlagan vaqtida ingichka uglerod tolalarini sochadigan raketa roligi namoyish etildi. Ular yuqori voltli energotizimlarda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltiradi.
Xitoyning CCTV davlat televideniyesi elektr stansiyalarini ishdan chiqarishga va ma’lum hududni «butunlay elektr energiyasisiz qoldirishga» qodir yangi turdagi qurolning animatsion roligini namoyish etdi, deb xabar beradi South China Morning Post.
CCTV videoda mamlakat Mudofaa vazirligining pudratchisi bo‘lgan Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi ma’lumotlariga tayangan.
Kadrlarda raketa yerusti qurilmasidan uchirilgani, undan esa 90 ta silindrsimon jangovar elementlar ajralib, yerga tushganida portlayotgani tasvirlangan. Shu bilan birga, havoga kimyoviy ishlov berilgan ingichka uglerod tolalari sochilgan — bu yuqori voltli energotizimlarda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirish uchun mo‘ljallangan.
Qayd etilishicha, bunday snaryad yordamida kamida 10 ming metr kvadrat maydonda keng ko‘lamli elektr energiyasi o‘chishlarini yuzaga keltirishi mumkin.
«Gap yangi turdagi grafit bomba haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. CCTV qurol nomi, uni yaratish yoki ishlab chiqarish bosqichlari haqida ma’lumotlarni keltirmagan, faqatgina ushbu qurolni «mahalliy raketalarning sirli turi» deya ta’riflagan», — deyiladi xabarda.
Jangovar harakatlar davomida dushman tarafning elektr tarmog‘ini ishdan chiqarish g‘oyasi o‘nlab yillardan beri mavjud. Ikkinchi jahon urushi davrida inglizlar Germaniya hududiga po‘lat troslar osilgan aerostatlarni uchirish texnologiyasini qo‘llab ko‘rgan. Keyinchalik AQSh tarkibida tok o‘tkazuvchi tolalar joylashtirilgan, uglerod asosidagi kompozit materialdan yasalgan g‘altaklarni o‘z ichiga oluvchi BLU-114/B nomli silindrsimon snaryadni ishlab chiqqan.
1991 yilda Vashington ilk bor grafit bombalarni Iroqqa qarshi qo‘llagan — o‘shanda mamlakat elektr energiyasining 85 foizidan ayrilgan. Shuningdek, bu turdagi qurollardan 1999 yili Serbiyada, 2003 yilda esa Kobulda foydalanilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026