Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Maktab-texnikum-universitet» tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi
Ushbu tajriba-sinov doirasida Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga biriktiriladi.
«Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oshirish va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, universitet faoliyatida erishiladigan asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- dual ta’lim shaklini to‘liq joriy qilish orqali ta’lim jarayonlarining amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlash;
- ilmiy salohiyatni eksport qilish doirasida 2028 yil yakunigacha universitet brendini shakllantirib, xorijiy davlatlardan kamida 1 000 nafar talabani jalb qilish.
2025/2026 o‘quv yilidan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida o‘qitishning dual ta’lim shakli joriy etiladi.
Dual ta’lim dasturi kredit-modul tamoyili asosida quyidagilarda o‘tkaziladi:
- 1-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 60 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 40 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida;
- 2-, 3- va 4-kurs talabalari uchun – ta’lim dasturlarining 40 foizi (nazariy qismlari) auditoriyalarda, 60 foizi (amaliyot qismi) qurilish sanoati korxonalarida.
Shuningdek, qarorga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yilidan tegishli ta’lim dasturlari bo‘yicha amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarining kamida 25 foizi xorijiy professor, xalqaro sertifikatga ega professional mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.
2025 yil 1 sentabrdan tajriba-sinov tariqasida “maktab – texnikum (litsey) – universitet” tamoyili asosida kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
Bunda Toshkent shahri Yunusobod tumani 250- va 273-sonli umumta’lim maktablari universitetga biriktiriladi va universitet:
- har oyda 1 marotaba 7–9-sinf o‘quvchilarini ularning qiziqishlari doirasida belgilangan sohalarga oid mavzularni universitet laboratoriyalarida darsdan tashqari mashg‘ulot sifatida o‘qitadi;
- o‘quvchilarning universitet laboratoriyalariga xavfsiz borib kelishlarini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
15:42 / 19.01.2026
Texnikumlarda dual ta’lim oluvchi o‘quvchilarga stipendiya joriy etilishi mumkin
18:20 / 27.11.2025
Yuridik universitetda klinik va dual ta’lim tizimi joriy etiladi
14:16 / 24.11.2025
O‘zbekiston va Germaniya dual ta’lim va ilmiy klasterlar yaratish bo‘yicha kelishib oldi
12:08 / 09.09.2025