Loyiha Özbekiston prezidentining 2025 yil 23 oktyabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini ta’minlaşga qaratilgan.

Hujjatga köra:

🔹 2026/2027 öquv yilidan boşlab texnikumlarda dual ta’lim şaklida öqiyotgan öquvçilarga maxsus elektron platforma orqali stipendiya tölanadi;
🔹 öquvçilarga har oy bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravari miqdorida stipendiya tölaş belgilanmoqda;
🔹 agar iş beruvçi tomonidan öquvçining kasbiy könikmalari va intizomi qoniqarsiz deb baholansa, stipendiya tölaş töxtatilişi mumkin;
🔹 stipendiyalarni moliyalaştiriş Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi orqali amalga oşiriladi;
🔹 Agentlik va Raqamli texnologiyalar vazirligiga 2026 yil 1 avgustgaça maxsus platformani işga tuşiriş vazifasi yuklatilmoqda;
🔹 platforma «Yagona milliy mehnat tizimi» va elektron hukumat infratuzilmalari bilan integratsiya qilinadi.

Qayd etilişiça, 2026 yilda xarajatlar amaldagi budjet doirasida qoplanadi, 2027 yildan esa davlat budjeti parametrlarida alohida nazarda tutiladi.