Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi 2,5 yilda tabiatga salkam 1 trln so‘m zarar yetkazildi
Holatlar bo‘yicha 429 ta jinoiy ish hujjatlari prokuratura organlariga qonuniy chora ko‘rish maqsadida taqdim etilgan bo‘lib, shundan 275 ta holatda huquqbuzarlarga jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan.
2023–2024 yillar va 2025 yilning 5 oyi davomida huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda 3,5 mingdan ortiq reyd tadbirlari amalga oshirildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, sohaga oid qonunchilik talablarini buzgan 110 ming nafardan ortiq shaxs aniqlanib, ularga 115 mlrd so‘m ma’muriy jarimalar belgilangan va tabiatga yetkazilgan 32 mlrd so‘m zararlar bo‘yicha da’vo qo‘zg‘atilgan. Shundan 66 mlrd so‘m mablag‘ undirib olingan.
Shuningdek, so‘nggi uch yilda 982 mlrd so‘mlik 429 ta jinoiy ish hujjatlari (shundan 2023 yilda 171 ta, 2024 yilda 172 ta va 2025 yilning birinchi choragida 86 ta) prokuratura organlariga qonuniy chora ko‘rish maqsadida taqdim etilgan bo‘lib, shundan 275 ta holatda huquqbuzarlarga jinoiy ishi qo‘zg‘atilgan.
Shu bilan birga, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 4669 ta majburiy ekologik ko‘rsatmalar berilib, tabiatga yetkazilgan 322,3 mlrd so‘m zarar va atrof-muhitni ifloslantirilgani uchun 60,3 mlrd so‘m qo‘shimcha kompensatsiya summalari hisoblangan. 245 ta korxona faoliyati kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgan.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura tuzilmasida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu boshqarma bilan hamkorlikda ekologik jinoiy huquqbuzarliklarga qarshi amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:07 / 11.06.2026
Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
10:45 / 10.06.2026
Ayrim shaharlarda harbiy xizmatchilar uchun ijara kompensatsiyasi oshiriladi
19:00 / 28.04.2026